Qo`mita yangiliklari

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 19-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni agentlikda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni keng nishonlash bo‘yicha tashkiliy-amaliy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.