Qo`mita yangiliklari

2023-yil 1-sentabr holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 678 141 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etdi.

Hisobot yilida eng katta qurilish ishlarining hajmi quyidagi hududlarda amalga oshirildi: Toshkent shahri – 17 304,4 mlrd. soʻm, Toshkent – 6 312,3 mlrd. soʻm, Samarqand –  5 791,5 mlrd. soʻm, Fargʻona – 4 970,3 mlrd. soʻm, Andijon – 4 642,2 mlrd. soʻm, Buxoro – 4 435,8 mlrd. soʻm, Surxondaryo – 4 198,8 mlrd. soʻm, Qashqadaryo –  3 803,9 mlrd. soʻm viloyatlarida qayd etilgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarida o‘rinlar  soni 18 108 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar hajmi 2 501,7 mlrd. soʻmga yetdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 223,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,2 %ga o‘sdi.

Respublikamizda 2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, xorijiy investitsiya ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 17 735 ta bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan shifokorlar  soni 6 541 tani tashkil etgan.

Hududlar boʻyicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti eng koʻp hajmi , Toshkent shahrida – 39 051,3 mlrd. soʻm.

2023- yil 1- oktabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 486,2 mingtani tashkil etdi, ulardan 418,7 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalar.

2023-yilning yanvar-avgust oylari yakuniga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 5 298,7 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 105,6 %ga yetdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8 671,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 5,1 %ga o‘sdi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko'rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 42 404 tani tashkil etdi.

2022-yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi 3 824,0 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 10 277 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari AQSHga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yil yanvar-avgust oylarida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlari hajmi 8,3 trln. soʻmni yoki jami yashash va ovqatlanish xizmatlari (10,3 trln. soʻm) hajmining 80,0 %ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 9 332,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,2 %ga o‘sdi.

Respublikamizda 2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, xorijiy investitsiya ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 750 tani, shundan qo‘shma korxonalar 4 833 ta va xorijiy korxonalar 7 917 tani tashkil etdi.