Qo`mita yangiliklari

 2022- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Namangan viloyati aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 59,0 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 31,5 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Andijon viloyatida 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 98,2 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Andijon viloyatida jami 1139,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,7 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida yangi qurilishga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar ulushining eng yuqori ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 76,2 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 2,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,3 ming tonna apelsin import qilingan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 968,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 101,0 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 13271,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va respublikadagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 26,5 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-mart oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi:

“Народное слово” gazetasining 2022-yil 11- maydagi №94 sonida “Avtomobil sanoati raqamlarda” nomli infografika e’lon qilindi.

2022 –  yilning 1 –  may holatiga respublikamizda jami 59 602 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 54 804 tasi faoliyat yuritmoqda.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 8 360,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi.

2022- yilning 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 484 935 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 508 tani (ulushi 18,5 foiz) tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida YAHM hajmi 4,7 % ga o‘sdi va 4 166,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-aprel oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 129 taga kamligini ko‘rish mumkin.

Andijon viloyati statistika hamda viloyat turizm boshqarmalari hamkorligida Andijon viloyati hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar o'tkazilishi belgilangan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga qiymati 28,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 92,6 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.

Hududlar kesimida 2022- yil yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahri — 2339,1 ming soʼm (yoki, 2021- yilning mos davriga nisbatan 108,9 %), undan keyin mos ravishda Navoiy — 1026,9 ming so‘m (yoki 104,5 %), Toshkent – 803,4 ming soʼm (yoki 106,2 %), Buxoro – 781,8 ming so‘m (yoki 101,2 %), Sirdaryo – 600,3 ming so‘m (yoki 82,3 %) viloyatlari egalladi.

 2022- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 26799,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 53,5 % ini tashkil etdi.