Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 30- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari va Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

 O‘zbekiston 2021- yilning 11 oyida 16 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 16,1 ming tonna anor eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 25,9 % ni tashkil etib, bu 66 582,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 263,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 16,0 % ga o‘sdi.

2021- yil 1 oktabr holatiga Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga nisbatan 23,6  birlikni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan kir yuvish mashinalar soni 89 tani tashkil etdi. Shu jumladan shahar joylarda 91 tani va qishloq joylarda 80 tani tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 20 506 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 44 804,3 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2021- yil 1- oktabr holatiga Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga nisbatan 16,1 birlikni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 726 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 6 365 tani tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 863,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,4 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

2021- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 458 538 tani tashkil etib, 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

2021- yil 1- oktabr holatiga, Samarqand viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 652,7 ming boshni (2020- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 104,2 %), shundan sigirlar – 708,8 ming boshni (103,5 %), qo‘y va echkilar – 2 522,7 ming boshni (101,4 %), otlar – 27,1 ming boshni (102,0 %) hamda parrandalar – 11 906,0 ming boshni (104,6 %.) tashkil etdi.

2021- yil yanvar- noyabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 91 218 ta bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 458 538  tani tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 1822,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 34,5 % ini tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarda yuqori o‘sish Sirdaryo (71,5 %), Qashqadaryo (69,3 %), Surxondaryo (39,8 %), Namangan (33,7 %), Samarqand (27,8 %) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (39,3 %) kuzatildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 556,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 17,2 % ga o‘sdi.