Qo`mita yangiliklari

 Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari statistika instituti Boshqaruv kengashining XVII sessiyasi doirasida 2021- yilning 30- noyabr – 1- dekabr kunlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi Milliy statistika idoralari rahbarlari uchun "Institutlarning o'zgarishi - bu odamlarning o'zgarishi" mavzusida boshqaruv seminari bo‘lib o‘tdi.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 2709,8 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 25,0 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 12,4 % i yoki 1348,6 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 10,7 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 122,3 % ni tashkil etdi.

 2021- yil yanvar–oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida eng yuqori telekommunikatsiya xizmatlari ulushi 95,3 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 56,7 % ni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 51,3 % i to‘g‘ri kelib,2020- yilning yanvar-oktabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 9,8 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni tashkil etgan holda 2675,2  mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

 2021- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida YAHM hajmi 14,1 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida sanoatning o‘sish sur’atlari 113,8 % ni, qurilish – 123,4 % ni, xizmatlar sohasi – 112,7 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 114,7 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Toshkent shahri (12140,4 mlrd. so‘m), Toshkent (4892,4 mlrd. so‘m), Samarqand (4498,2 mlrd. so‘m), Farg‘ona (4358,8 mlrd. so‘m), Buxoro (4046,5 mlrd. so‘m), Andijon (3868,9 mlrd. so‘m) hamda Namangan (3749,7 mlrd.so‘m) viloyatlarida qayd etildi.

 2021- yilning noyabr oyida iste'mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2 % ga qimmatlashdi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi

2021- yilning noyabr oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning INI 1,2 % ni tashkil etdi. Joriy yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 8,6 % ni, yillik nisbatda esa 10,3 % ni tashkil etdi.

2021- yil 29-30- noyabr kunlari Toshkent viloyatida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi ma'lumotlar maktabi (Qirg‘iziston Respublikasi) va Davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda Data journalism” – ma'lumotlarga asoslangan jurnalistikani targ‘ib etish loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 29- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Narxlar statistikasi bo'yicha texnik yordam missiyasi onlayn rejimda ish boshladi. Ushbu missiya Xalqaro valyuta jamg‘armasining Narx statistikasi bo'yicha mutaxassisi Ronan Liones tomonidan amalga oshiriladi.

 Farg’ona viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 63,7 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (22,3 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (41,4 %) o‘z ichiga oladi.

 Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  48,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 2066,6 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 2,3 % va 97,7 % ni tashkil etdi.

 Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning o‘sish sur’atlarini taqqoslaganda, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlarning yuqori o‘sishi Surxondaryo viloyatida 67,9 % ni tashkil etdi. Nisbatan past o‘sish sur’ati Andijon viloyatida kuzatildi – 110,0 %.

 2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpogiston Respublikasida YAHM hajmi 7,4 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 105,8 % ni, sanoat – 105,8 % ni, qurilish – 109,8 % ni, xizmatlar sohasi – 108,9 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 108,2 % ni tashkil etdi.

 Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2278,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 25,2 % ini tashkil etdi.