Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil 1- yanvar holatiga shifoxona muassasalari soni jami 1232 tani tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan joriy yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, hududlar orasida avtomobil transportida yo‘lovchi tashishda tarkibining katta qismini Toshkent shahri egallaydi. 2021- yilning yanvar-iyun oylarida uning ulushi 19,7 % ga teng bo‘ldi.
16/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 48609,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar- iyun oylariga nisbatan 100,1 % ni tashkil etdi.
16/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 2020/2021- o‘quv yili boshida jami oliy taʼlim tashkilotlari soni 127 tani tashkil etib, unda jami 571,5 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 260,0 ming nafari (45 %) qizlarni tashkil etadi.
Respublikada 2021- yil yanvar-iyun oylarida 19406 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, shundan 51,8 foizi farzandlarsiz, 27,8 foizi bir nafar farzand bilan va 20,4 foizi ikki va undan ortiq farzand bilan ajrashgan.
16/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning dastlabki 6 oyida respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1 172 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 44 960,3 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 6,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan konditsioner eksport qilgan.
16/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
16/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
“Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 99 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni mavjudligi bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi.
16/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
16/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM o‘sishi 6,2 % ga yetdi.
16/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyun oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 8,5 % ga o‘sish kuzatilgan.
16/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 57 ta xorijiy davlatga qiymati 1,3 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu 2020- yilning mos davriga nisbatan 523,2 mln. AQSh dollariga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 118 988 ta nikoh qayd etilgan. Shundan 152 nafar ayolning yoshi 60 va undan yuqori bo‘lgan.
Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 679,9 mlrd. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi.
13/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2021- yilning yanvar–iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 338 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 23,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
2021-yilning yanvar–iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 45,8 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 98,3 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 40,7 % ni tashkil qildi.
926-sahifa 1011 dan


