Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 19 152 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda.

2022/2023-oʻquv yili boshiga Buxoro viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 2 140 nafarni tashkil etgan.

 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 9,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  66,5 % ni tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 27 577,1 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil qilgan.

Joriy yilning 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun Statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 1 570 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 83,4 %  ulushini tashkil etgan.

Joriy yilning 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar boʻlimi” xodimlari uchun Milliy hisoblar tizimi, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Navoiy viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 66,2 % ni tashkil etadi.

2023-yilning yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasida 437 822,2 mlrd.soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 106 363,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Tahliliy maʻlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻngi 5 yilda qurilish sohasida jami 37,1 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.