Qo`mita yangiliklari

2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami 35 106 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 1 291 tasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etildi.

2022- yilda Namangan viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,6 %, yuk aylanmasida 89,0 %, yo‘lovchi tashishda 97,4%, yo‘lovchi aylanmasida 94,1% ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha 12427,4 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O’zbeksiton Respublikasi bo‘yicha 76401,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 28,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga koʻra,  Oʻzbekiston Respublikasidagi muzeylarda jami 2157,4 ming dona eksponatlar mavjud boʻlib, shundan 388,3 mingtasini (18,0 %) arxeologiya buyumlari tashkil qiladi.

2022- yilda Navoiy viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 9,2  %, yuk aylanmasida 40,0 %, yo‘lovchi tashishda 87,1%, yo‘lovchi  aylanmasida 87,9% ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023-yilning yanvar-fevral oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,4 % ni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,0 % ga teng boʻldi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 5,8 % ga o‘sdi.

2023- yil 1- yanvar holatiga, Xorazm viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 961,7 ming boshni (2022- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 101,4 %), shundan sigirlar – 365,1 ming boshni (101,1 %), qo‘y va echkilar – 485,1 ming boshni (102,9 %), otlar – 5,8 ming boshni (101,5 %) hamda parrandalar – 6 518,0 ming boshni (106,8 %) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 705 dona mototsikllar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,3-martaga oshgan.

2023- yilning yanvar-mart oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 23 891 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

2022- yilning yanvar-dekabrida Buxoro viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 33 212,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib 20 598,6 mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa 12 613,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Surxondaryo viloyatidagi maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni 45 144 nafarni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 30 ta xorijiy davlatdan 5,6 ming tonna shokolad import qilgan.

2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

Joriy yilning 10- aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 30- mart – 6- aprel kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida “Multiindikator klaster kuzatuvlarining 7-bosqichi (MIKK-7)” mavzusida o‘tkazilgan seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.