Qo`mita yangiliklari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar - iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 116,6 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 101,8 % ni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar–iyun oylari davomida respublikamizda 5,1 mln. tonna sut sog‘ib olingan.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7 318,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 3 679,0 ming so‘mni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yil yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 61 612 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

Joriy yilning 11-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 23- martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6191-sonli farmoni ijrosi yuzasidan masofaviy tarzda onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yangi bosqichi doirasida so‘nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 390 703 ta tug‘ilish qayd etilgan.

2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 291,7 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan.

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 Aholining umumiy daromadlari mehnat faoliyatidan olgan daromadlar, shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar, mol-mulkdan olingan daromadlar, transfertlardan olingan daromadlardan iborat.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning yanvar- iyul oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 61,6 mingtani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 6 301 taga oshdi va oʻsish surʼati 111,4 foizni tashkil etdi.

Avval xabar berganimizdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlangan edi.