Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 5,2 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobarga oshdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda fermer xo‘jaliklari tomonidan 51,6 ming dona qorako‘l teri olingan.

2024- yil 1- may holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 32 926 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, kichik biznesning respublika YAIMdagi ulushi 42,7 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-may holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida 24 819 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish sur’ati 106,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2,1 mln dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 barobarga oshgan.

Joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning haqiqiy holatini chuqur va har tomonlama tahlil qilish, hududlarda aniqlangan kamchiliklar va muammoli masalalarni tezkor hal qilish maqsadida, Statistika agentligi rahbariyati ham hududlarda oʻrganishlar olib bormoqda.

Joriy yilning 17-may kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tashkil etilgan “Har bir ayol va qiz muhim” Global dasturi doirasida mamlakatimiz gender statistikasi potensialini baholash yuzasidan o‘rganish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakuniga koʻra, sugʻurta xizmatlari hajmi 2 trln soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln dan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylari holatiga respublikamizda fermer xo‘jaliklar tomonidan 244 904 ming dona tuxum yetishtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami qurilish ishlarining 67,4 % i yoki 20,9 trln soʻm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 24,7 % ni tashkil etdi, shundan eng koʻpi kichik korxonalar va mikrofirmalar boʻlib 19,8 % ni  tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulushi chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 64,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-may holatiga 57 755 ta xususiy korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 142 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 16,4 % ga oshgan.