Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 352,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha  1 091,9 mlrd. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 16,6 % ga koʻpaydi.

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2024-yil 9-martdagi 50-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulovning “Global statistikada uygʻunlik – shaffoflik va aniqlikka xizmat qiladi” nomli maqolasi chop etildi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan kir yuvish mashinalari soni 96 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 487 tonna osh tuzi ishlab chiqarilgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, savdo tarmogʻining yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga toʻgʻri keldi va 63,5 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, 305 976 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yilning yanvar oyida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 81 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

 Bahorning ilk kunlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. Boisi, har qanday millat va davlatning taraqqiyoti, kelajagi bevosita onalarga bogʻliq. Zero, har tomonlama sogʻlom onalardan mamlakat uchun barkamol farzandlar dunyoga keladi. Shunday ekan, ona siymosi doimo alohida ehtirom va eʻtiborda boʻlib kelgan.

Joriy yilning 7-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 2019-yilda taʼsis etilgan “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan jamiyat va davlat hayotida faollik hamda tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati orqali qator yutuqlarga erishgan xotin-qizlar taqdirlanib kelmoqda.

Joriy yilning 7-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Ma'naviyat va ma'rifat kengashi va  Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi yirik korxonalari tomonidan 93,8 tonna tvorog ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan konditsionerlar soni 47 tani tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar oyida xorijga qiymati 17,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 21,9 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, jami 415 002 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).