Qo`mita yangiliklari
30/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Bugun, 30- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda 2026- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, Statistika agentligi tizimida xodimlar tomonidan mustaqil taʼlim olish orqali oʻz kasbiy kompetensiyasi va savodxonligini uzluksiz oshirib borishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida “Statistika taʼlim platformasi” (talim.stat.uz) korporativ axborot tizimi ishga tushirildi.
30/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 80,4 trln soʻm qurilish ishlari bajargan.
30/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar–sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi aholi ulushi 92,7 % ni tashkil etdi.
Respublikamizda joriy yilning 1- oktabr holatiga sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 113 667 ta.
Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 327,5 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan.
29/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Bugun, 29- oktabr kuni “Zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish” boʻyicha Singapur davlatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalari haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
29/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Bugun, 29- oktabr kuni Statistika agentligida 2024- yilning III choragi yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, markaziy apparat boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etishdi.
29/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2024- yil 29- oktabrdagi 219-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyevning “Milliy statistika sohasining raqamlashuvi foydalanuvchilarga qulaylik yaratishda muhim ahamiyatga ega” nomli maqolasi chop etildi.
Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 5 882,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.
29/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar–sentabr oylarida mobil/uyali telefondan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar ulushi 99,2 % ni tashkil etgan.
29/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2024- yil 1- oktabr holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 53 569 tani tashkil etgan.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 22 324 tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan.
28/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 28- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 40,8 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.
28/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Bugun, 28- oktabr kuni Statistika agentligida inson resurslarini boshqarish va o‘qitish bo‘yicha Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan ekspertlar uchrashuvi yuzasidan agentlik xodimlari uchun taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
28/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 710,5 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.
28/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 20–25- oktabr kunlari Singapur davlatida zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish boʻyicha oʻquv-tanishuv safari tashkil etildi.
122-sahifa 1010 dan


