Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 11-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda mehnat qonunchiligini targʻib qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning 1-iyul holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida 25 119 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,9 % ga oʻsgan.

2024-yilning yanvar-may oylari davomida AQSHdan  Oʻzbekistonga 10,6 ming nafar turist tashrif buyurgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, onlayn gazetalar, jurnallar va elektron kitoblarni oʻqish yoki yuklab olish uchun internetdan foydalanadigan 10 va undan katta yoshdagi aholi ulushi 30,8 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 420,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga investitsiyalar ulushi boʻyicha yuqori natijalar Andijon viloyatida – 42,9 %, Qashqadaryo viloyatida – 41,0 %, Fargʻona viloyatida – 30,9 % kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 202,4 tonna shaftoli sharbati  ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 44 008,4 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 3,6 % ga oʻsdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyun holatiga qurilish sohasida jami 31 085 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 212,4 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-may oylarida qiymati qariyb 1,3 mlrd AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

2024-yilning yanvar-may oylari davomida Italiyadan Oʻzbekistonga 15 319 nafar turistlar tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 6,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida sayyohlik agentliklar, turoperatorlik xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlarining hajmi 890 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, savdo, yashash va ovqatlanish sohasining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 8,0 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 36,7 mln juft paypoqlar ishlab chiqarilgan.