Qo`mita yangiliklari

2022- yilda kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlariga ega bo‘lgan tarmoqlari – yo‘lovchi aylanmasida 95,9 % ni, qishloq xo‘jaligida 95,3 % ni, yo‘lovchi tashishda 93,2% ni,chakana savdoda 79,4 % ni, qurlilishda 71,6 % ni tashkil etdi.

Toshkent viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan 2 040 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan 2 506 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 419 taga (14,3%) kamaygan.

“Биржа” gazetasining 2023-yil 28-martdagi 23-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshligʻi Shavkat Gʻulomovning “Roʻyxatdan oʻtkazish–samarali faoliyat omili” nomli maqolasi chop etildi.

2023-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra Respublika boʻyicha veterinariya xizmatining oʻsish surʼati 107,8 %ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,4 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Xorazm viloyatining qishloq xoʻjaligi mahsuloti umumiy hajmi 23 304,0 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil qildi.

2023-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 93,2 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahri bo‘yicha jami 9158,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsilar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra pochta va kuryerlik xizmatlari hajmi 111,9 mlrd. soʻmga yetib, ushbu xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 56,7 % yoki 63,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 110,7 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,0 % ga oshgan.

Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 13 719,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 3,5 % ga o‘sdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 4 965,7 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil qildi.

2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni  29 200 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 5,9 foizini  tashkil etdi va so‘nggi yillarda ushbu  korxonalarning dinamikasi quyidagicha: