Qo`mita yangiliklari

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,8 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

 Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  118,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3919,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 2,9 % va 97,1 % ni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning  yanvar-sentabr oylarida Respublika bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 0,9 % ni tashkil etdi.

 2020- yilda Sirdaryo viloyatida umumiy bozor xizmatlar tarkibida savdo xizmatlarining ulushi eng katta bo‘lib, 30,0 % yoki 991,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 Respublikamizda 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 106,1 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston demografik yillik toʻplamida - Oʻzbekiston Respublikasidagi demografik holatni ifodalovchi koʻrsatkichlar, jumladan ma’muriy-hududiy boʻlinishi, aholi soni, aholining jinsi va yosh tarkibi, hududlar boʻyicha taqsimlanishi, tugʻilish va oʻlim, nikoh va ajrimlar soni hamda aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar berilgan.

Joriy yilning 27- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2021- yil III chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi belgilangan.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 106,1 trln.so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi. yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,6 % ni tashkil qildi.

 Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida, Andijon viloyatida jami 4038,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati2020- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 111,0 % ni tashkil etdi.

 2021- yilning  yanvar - sentabr oylarida Respublika bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,5 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Namangan viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 79,6 % ni tashkil etdi, shundan 24,8 % bir bolali, 27,1 % ikki bolali, 19,6 % uch bolali hamda     8,1 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 20,4 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 43 ta xorijiy davlatlarga qiymati 105,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 140 ming tonna uzum eksport qilgan.

2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda Umumta’lim muassasalari 1-4-sinf o‘quvchilarining jami soni 2504,0 ming nafarni tashkil etib, ulardan 1206,8 ming nafari (48,2 %) qizlar va 1297,2 ming nafari o‘gil bolalar (51,8 % ) dan iborat.

 Milliy iqtisodiyotda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari sonining o‘sish sur'ati 2017 yilga nisbatan 167,0 foizni tashkil etdi.

 Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar – sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 222,2 trln. so‘mni yoki 2020 yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi. Jumladan, jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 213,9 trln. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil etdi.

 2020- yilda Navoiy viloyatida umumiy xizmatlar tarkibida savdo xizmatlari ulushi eng katta – 33,1 % yoki 1 933,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

 2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi