Qo`mita yangiliklari

2022- yil yanvar- mart oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 426,8 ming so‘mni tashkil etib, (2021- yil yanvar- mart oylarida 2876,4 ming so‘m bo‘lgan) 2021- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 119,1 % ni tashkil qildi.

2022- yil yanvar- mart oylarida norasmiy sektor tomonidan eng yuqori o‘sish sur’ati Qoraqalpog‘iston    Respublikasi (2021- yining mos davriga nisbatan 131,9 % ), Farg‘ona viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 127,9 % ), Navoiy viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 127,3 % ) ga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 145,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 25,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi norasmiy sektorida bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 17,9 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davridagi  ko‘rsatkichiga nisbatan 1,5 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 1,5 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 61,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 18,9 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. 

2022- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 604,6 ming so‘mni (yoki 419,9 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 455 ta elektromobil import qilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 40,2 ming tonna banan import qilingan.

2022- yilning 1- aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga oʻrtacha 78,9 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

2022- yil yanvar- mart oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 977 ta bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 475 465  tani tashkil etgan.

AKT xizmatlari sektorining umumiy hajmida eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari – 73,4%, Kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlar – 12,8%, shuningdek, Kompyuterlar va aloqa usukunalarini taʼmirlash bo‘yicha xizmatlar - 5,7% ni egallaydi.

Toshkent viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 47,9 % ini tashkil etdi.

2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 475 465 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yil yanvar-mart oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,2 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 51,0 % ini tashkil etdi.