Qo`mita yangiliklari
29/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 524 576 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) o‘tgan yilning mos davriga (468 834 ta) nisbatan 55 742 taga oshib, o‘sish sur’ati 111,9 foizni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatimizda 4,6 mln. tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan.
29/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 093,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 13,2 % ga o‘sdi.
Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida bodring narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 28 % ga qimmatlashgan.
Oʻzbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1244 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 87 371,7 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,1 % ni tashkil etdi.
O‘zbekiston 2021- yilning 11 oyida 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,4 ming tonna limon eksport qilgan.
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 16822 ta egizak chaqaloq tug‘ilganligi holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 376 taga ko‘p.
2021- yil yanvar- sentabr oylarida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 8,1 % punktga kаmaydi va 2,8 % ni tashkil etdi.
28/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 2972,2 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 56,2 % ini tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo‘yicha 2068,4 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 39,1 %) va boshqa xarajatlarga 243,8 mlrd. so‘m (4,6 %) o‘zlashtirildi.
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 53,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 455,8 ming tonna kartoshka import qilgan.
28/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan qiymati 502,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 23 155 ta yengil avtomobil import qilgan.
2021- yil yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyatida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 216,5 million AQSH dollarini yoki umumiy importning 14,0 % ini tashkil etdi.
2021- yil 1- oktabr holatiga, Navoiy viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 496,2 ming boshni (2020- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 103,6 %), shundan sigirlar – 209,7 ming boshni (102,6 %), qo‘y va echkilar – 2 328,1 ming boshni (102,4 %), otlar – 21,2 ming boshni (104,0 %) hamda parrandalar – 3 163,4 ming boshni (106,3 %.) tashkil etdi.
28/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020/2021- o‘quv yili boshida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni 38,2 ming nafarni tashkil etdi, ularning asosiy qismi davolashi ishi yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lib, 18,4 ming nafarni tashkil etdi.
28/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 017,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 20,2 % ga o‘sdi.
Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelib, 1- dekabr holatiga yillar kesimida qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qilgan:
2021- yil yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyatida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 259,4 million AQSH dollarini yoki umumiy importning 59,9 % ini tashkil etdi.
28/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020/2021- o‘quv yili boshida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga qabul qilingan talabalar soni 8,8 ming nafarni tashkil etdi, ularning asosiy qismi davolash ishi yo‘nalishiga qabul qilingan bo‘lib, 4,2 ming nafarni tashkil etdi.
832-sahifa 1011 dan


