Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning yanvar-avgust oylarida 36 667 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

 2020- yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar sonining ulushi,  % da

 2021- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 217 ta sanatoriya - kurort muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda joylarning umumiy soni 28,0 mingni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentabr holatiga respublikamizda jami 327 951 ta mas'uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 312 253 tasi faoliyat yuritmoqda.

 Savdo - bu tovarlarning aylanishini, ularning ishlab chiqarish sohasidan iste'mol sohasiga o'tishini ta'minlaydigan iqtisodiyot sohasidir.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 17- sentabr kuni poytaxtimizdagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamda Davlat statistika qo‘mitasi hamkorligida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha jurnalist va blogerlarning malakasini oshirish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Samarqand viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 12 875,3 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni tashkil qildi.

 Mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari tarkibiga mehmonxona, motel, pansionat (mehmonxona tipidagi) va qisqa muddat yashash uchun mo‘ljallangan boshqa joylar kiradi.

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida YaHM hajmi 5,6 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,8 % ni, sanoat – 101,1 % ni, qurilish – 109,5 % ni va xizmatlar sohasi – 108,6 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yanvar-avgust oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 67 640 tani tashkil etdi.

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 11 071,4 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,2 % ni tashkil qildi.

 2020- yilda hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar soni, kishi

Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 74,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (31,9 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (43,0 %) o‘z ichiga oladi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga 3458 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020- yildagi soniga nisbatan 411 taga ko‘paydi.