Qo`mita yangiliklari

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni 2021/2022 o‘quv yilida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 808,4 ming nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 29,2 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib, so’nggi besh yilda ularning o‘sish sur’ati qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

Joriy yilning 26-27-iyul kunlari BMTning UNICEF xalqaro jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Davlat statistika qoʻmitasida xalqaro ekspertlar ishtirokida Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarining bolalarga oid koʻrsatkichlarini yigʻish hamda tizimlashtirish yoʻnalishlarini belgilashga koʻmaklashish maqsadida tadbir tashkil etildi.

2022- yilning 1- iyul holatiga respublikaning demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

Joriy yilning 6 oyi davomida havo yoʻli transportida 1 949,0 ming yoʻlovchi tashilib, 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 1,8 baravarga oʻsish qayd etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 36,8 trln. soʻmni tashkil etdi.

Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 16,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi masʼul xodimi Q.Saparov tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasida uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni maxsus oʻqitishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 42,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 56,0 ming tonna pomidor eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 389,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 5,4 % ga o‘sdi.

2022- yilning iyun oyida may oyiga nisbatan anor 5,9 % ga arzonlashdi. Shu bilan birga, yillik nisbatda yaʼni, oʻtgan yilning iyun oyiga nisbatan anor narxlari 0,4 %ga oshgan.

2021– yil yakunlari  bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan kichik korxona va mikrofirmalaridan 138 105 tasi sof foyda olishga erishgan.

Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari tomonidan Farg’ona viloyati statistika boshqarmalarida uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni maxsus oʻqitishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 15121,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar sonining ko‘payishiga ishonch bildirgan korxonalarning   eng ko‘p ulushi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida