Qo`mita yangiliklari

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 27,4 % ni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 1,5 % punktga kamaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi 5167,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

2021- yil 1- oktabr holatiga O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi

2021- yilning 1- oktabr holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 305 tani tashkil etgan.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 475 349 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 96 278 tani (ulushi 20,3 foiz) tashkil qildi.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,1 % ni tashkil etdi.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,1 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,2 % punktga ko‘paydi.

Joriy yilning yanvar- sentabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 79,3 mingtani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 7 545 taga oshdi va oʻsish surʼati 110,5 foizni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 16 640,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,6 % ga o‘sdi.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda 206,7 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida kartoshka narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 7,8 % ga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida sabzining narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 8 % ga arzonlashgan.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu 2020- yilga nisbatan 14,5 % ga ko‘p.

2021- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 3,4 trln. so‘mni tashkil etgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda  faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 475 349 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 96 278 tani tashkil qildi.

2021- yilning 1- oktabr holatiga O‘zbekistonda faqatgina Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni bir milliondan kam. Viloyatning doimiy aholisi soni 873,8 ming kishiga yetgan.