Qo`mita yangiliklari

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikadagi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda parrandalarning umumiy soni 29 127 ming boshga yetgan.

2024-yilning 1-iyun holatiga 14 349 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

 

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning 9-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami qurilish ishlarining 66,9 % i yoki 39,6 trln soʻm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, 10 va undan katta yoshlilar orasidan internetdan foydalanuvchi erkaklar ulushi 93,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 607,7 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 9,2 % ni tashkil etdi.

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida, hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 6,2 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikadagi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 20,3 ming dona qorakoʻl teri olingan.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 35 754 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Qurilish sohasida 2019–2024-yillarning yanvar-mart oylarida 10,1 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.

Joriy yilning 8-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida 2 171,7 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami bajarilgan qurilish ishlari hajmida fuqarolik obyektlarini qurish boʻyicha qurilish ishlari ulushi 21,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, 10 va undan katta yoshlilar orasidan internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi 92,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 197,8 ming tonna tabiiy qum qazib olingan boʻlib, mazkur qazib olish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 39,6 % ga oshgan.