Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 224,4 trln. soʻmni tashkil qilgan.

2024-yilning yanvar oyida jami 7 022 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, Samarqand viloyati boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 28 520,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 8,8 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar oyida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 1 986 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 27,1 ming tonna mazut ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, axborot va aloqa sohasida 10 634 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 62,1 %, transfertlardan olingan daromadlar 31,3 % hamda shaxsiy isteʻmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,6 % tashkil etgan.

2024-yil yanvar oyida respublikada transport xizmatlari hajmi 9 425,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 3 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Joriy yilning 23-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb” va “1 fx” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 9,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar oyida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 3 157 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 627,9 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 627,9 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda joriy yilning 1-fevral holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 540 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Namangan viloyati aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 61,2 %, transfertlardan olingan daromadlar 31,6 % hamda shaxsiy isteʻmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,2 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 22-fevral kuni BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi vakillari va Kanada, Braziliya, Polsha, Indoneziya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya statistika idoralari xalqaro ekspertlari ishtirokida “Katta ma’lumotlar” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.