Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga 1630 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020- yildagi soniga nisbatan 111 taga ko‘paydi.

2020- yil yakuniga ko‘ra, yurtimizda 3 ta hayvonot bog‘lari mavjud. Ular Farg‘ona, Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida joylashgan. 

Tumanlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur‘ati  187,6 % ga o‘sib, Xo‘jaobod tumanida kuzatildi.

 Jizzax viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 9,73 % ni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 5,3 % punktga ko‘paydi.

  2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YaHM tarkibidagi ulushi 36,5 % ni, sanoat – 15,5 % ni, qurilish – 6,7 % ni va xizmatlar sohasi – 41,3 % ni tashkil etdi.

MICS bu UNICEF metodologiyasi asosida ishlab chiqilgan 1995-yildan buyon davlatlar tomonidan har besh yilda bir marotaba o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro kuzatuvidir.

 Respublikamizda joriy yil yanvar-iyul oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 156,1 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan.

2020- yil yakunlariga ko‘ra кespublika bo‘yicha jami 144,1 ming tonna baliq ovlangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019- yilga nisbatan 118,4 %ni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 27,5 mln. tani tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 14,3 % ga oshgan.

 Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 74,8 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (23,2 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (51,6 %) o‘z ichiga oladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida, respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganini ko‘rishimiz mumkin.

2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YaHM tarkibidagi ulushi 34,8 % ni, sanoat – 15,2 % ni, qurilish – 7,7 % ni va xizmatlar sohasi – 42,3 % ni tashkil etdi.

 Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan choy import qilgan hududlar:

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020/2021- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalari soni 10181 tani tashkil etgan. Umumta’lim muassasalari soni 1991/1992- o‘quv yili boshiga nisbatan 1624 taga oshgan.    

2021- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,5 % ni tashkil etdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida davlat idora va tashkilotlari xodimlari uchun yurtimizning mashhur sport ustalari bilan turli uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.