Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 70 374 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 545,9 ming kv m gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Dastlabki ma‘’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 170 297,3 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 165 175,7 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 4 074,9 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 1 046,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 44,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,7 f.p., sanoat tarmog‘i – 2,0 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,6 f.p. va хizmat ko‘rsatish sohasi – 2,8 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

Joriy yilning 26-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 19,0 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,2 % va 8,5 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,9 %), Jizzax (2,8 %) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (2,8 %) to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YAIMi hajmi joriy narxlarda 567 364,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 6,4 % ga o‘sdi. YAIM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-iyunidagi narxlarga nisbatan 112,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida tramvay transportida 1 760 ming yoʻlovchi tashilgan.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 3 483 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 111 619,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.  

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 399,2 trln. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 011,6 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha 15,1 trln soʻm asosiy  kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-,yilning 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 387,1 mingtani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 76,9 trln soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 96,4 % ni tashkil etdi.

“Халқ сўзи” gazetasining 2024-yil 26-iyuldagi 150-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida “2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 % ga koʻpaydi” nomli maʻlumot chop etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 567 364,3 mlrd so‘mga yetdi.