Qo`mita yangiliklari

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni.

Joriy yilning 13- aprel kuni BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ishchi guruhi hamda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi va FAO o'rmon xo'jaligi masalalari bo'yicha qo'shma bo'limi hamkorligida o’rmon xo’jaligi mahsulotlari statistikasi bo’yicha onlayn seminar tashkil qilindi.

Oʻzbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy rivojlanishi va farovonligi oshishini tavsiflovchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassam qilgan. 

Joriy yilning 13- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan S.Ayniy nomidagi o‘rta umumta'lim maktabida hamda Konimex tumani Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi majlislar zalida yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 27 709 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda  3 625 taga ko‘p.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5- apreldan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) boshlangan edi. Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yanvar-mart oylarida respublikamizda jami fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni 27 709 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 12- aprel kuni Qaraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan Mo‘ynoq tumani elektr tarmoqlari korxonasida statistika hamda korxona xodimlari ishtirokida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

Oʻzbekiston raqamlarda statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar chop etilgan.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol ishtirok etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5- apreldan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) boshlangan edi. Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yanvar-mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

“Халқ сўзи” gazetasining 2021- yil 10- apreldagi 73- sonida Davlat statistika qo‘mitasi raisining o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovichning “Xom ashyo emas, tayyor mahsulot sotish mamlakat to’qimachilik sanoatining eng ustuvor vazifasi” mavzusida maqolasi chop etildi.

Joriy yilning 9- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston hududlarining yillik statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar chop etilgan.

2021- yilning 9- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa shaklida Toshkent davlat transport universtiteti talabalari bilan yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.