Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 544 757 t. goʻsht (2023-yilning yanvar–martiga nisbatan 103,5 %), 1 986 907 tonna sut (103,3 %), 1 435,121 ming dona tuxum – (106,9 %) yetishtirildi va 17 952 t. baliq (110,3 %) ovlandi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, qurilish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 13 001,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 1 kv.kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil yanvar-mart oylarida temir yoʻl transportida bir kunda oʻrtacha 30,1 ming nafar yoʻlovchilar joʻnatilgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga jami 298 338 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 064,4 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,4  barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 4,7 mln. so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 664,6 mln.t yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 29-aprel – 2-may kunlari Gruziya Respublikasining Tbilisi shahrida Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining Statistika departamenti, Savdo va rivojlanish bo‘yicha BMT Konferensiyasi (YuNKTAD) hamda Gruziya Moliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Xizmatlarning xalqaro savdosi va raqamli savdo bo‘yicha statistika” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 54,5 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan boʻlib, jami investitsiyalarning 50,9 % ini tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 875,6 ming boshga yetdi. 

Joriy yilning 7-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2024-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha agentlikning kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti vakillari, Markaziy apparat boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 29,9 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 96,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 68 487,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylarida tirik  tugʻilganlar soni 205,7 ming nafarni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 743,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 283 ming kishiga koʻpdir (2023-yilning yanvar-mart oylarida 2 460,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).