Qo`mita yangiliklari

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida respublika boʻyicha 850282 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 16,7 %ni tashkil etdi.

Joriy   yilning 13- dekabr kuni Davlat  statistika  qoʻmitasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Shohruh Odilovning yaqinda Yaponiyaning  Tokio shahrida “COVID-19 pandemiyasi davrida aholini roʻyxatga olishning 2020- yil raundidagi taʻsirini baholash va muammolarini bartaraf etish” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiya natijalariga bag‘ishlangan taqdimoti o‘tkazildi.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 42,6 ming tonna mandarin import qilgan.

2022-  yil yanvar-sentabr oylarida oʻrtacha sutkalik hisobda temir yoʻl transportida yuk tashish 201,0 ming tonnani tashkil etdi yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,7 % ga oshdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,3 % ga o‘sish kuzatilgan.

2022-yil 1-oktabr holatiga, Namangan viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 756,8 ming boshni (2021- yil 1- oktyabr holatiga nisbatan 102,6 %), shundan sigirlar – 245,7 ming boshni (102,9 %), qoʻy va echkilar – 807,4 ming boshni (102,3 %), otlar – 6,8 ming boshni (102,7 %) hamda parrandalar – 5 778,3 ming boshni (101,7 %) tashkil etdi.

2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 389 taga ko‘paygan.

Joriy yilning 6–7- dekabr kunlari Polshaning Krakov shahrida Yevropa, Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika idoralari xodimlari uchun statistik baholash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning noyabr oyida havo transporti xizmatlari narxi oʻrtacha 6,5 % ga oshdi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 22,6 trln. soʻmni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Namangan viloyati (2021- yilga nisbatan 261,7 %)ga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 41 061,9 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oyida 63,2 ming nafar chet el fuqarolari xizmat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 11 oyi davomida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida jami (1750 ta) tugʻilganlarning 53,9 % ni oʻgʻil bolalar, Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida jami (857 ta)  tugʻilganlarning 53,1 % ni qiz bolalar tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 19,2 %ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 9 ta davlatga qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,2 ming tonna anjir eksport qilgan.

2022- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni 30 955,8 ming birlikni, shu jumladan, aholida 26 066,9 ming birlikni tashkil etdi. Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 73 birlikni tashkil etdi.