Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 18 355 ta.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil 1- iyul holatiga mamlakatdagi doimiy aholisi soni 35603,4 ming kishiga yetib, shundan mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 11249,0 ming kishini (31,6%), mehnatga layoqatli yoshdagilar 20382,1 ming kishini (57,2%) va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 3972,2 ming kishini (11,2%) tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022- yilning yanvar–iyun  oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,8 % (2021- yilning yanvar-iyunida – 1,7 %, 2020- yilning yanvar-iyunida – 1,5 %)ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari shaxsiy xizmatlar umumiy hajmining 64,8 %ini yoki 2,5 trln. so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 42,2 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun holatiga aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari 28,0 % ni tashkil qildi. Ma’lumot uchun: 2021- yilda 28,1 % ni, 2020- yilda 29,3 % ni tashkil etgan.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlik holati yuzasidan 2022-yilning 2- choragi yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi delegatsiyasi “Koreya Statistiks”ning taklifi asosida joriy yilning 25–29-iyul kunlari Koreya Respublikasida boʻlib qaytdi.

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

2022- yilnig yanvar-iyun oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo`yicha amalga oshirildi.

Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra (2022-yil yanvar-iyun holatiga), aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlardan olingan daromadlarning ulushi 29,7 % ni tashkil etdi.

4 - avgust boshlab, respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 7 ming nafarga yaqin registrator xodimlar tomonidan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar ro‘yxatini shakllantirish hamda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini o‘rganish ishlari boshlandi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.

Tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlari kun sayin kengaymoqda.

Joriy yilning 4- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.