Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 2,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,3 ming tonna apelsin import qilingan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 968,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 101,0 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 13271,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va respublikadagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 26,5 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-mart oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi:

“Народное слово” gazetasining 2022-yil 11- maydagi №94 sonida “Avtomobil sanoati raqamlarda” nomli infografika e’lon qilindi.

2022 –  yilning 1 –  may holatiga respublikamizda jami 59 602 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 54 804 tasi faoliyat yuritmoqda.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 8 360,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi.

2022- yilning 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 484 935 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 508 tani (ulushi 18,5 foiz) tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida YAHM hajmi 4,7 % ga o‘sdi va 4 166,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-aprel oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 129 taga kamligini ko‘rish mumkin.

Andijon viloyati statistika hamda viloyat turizm boshqarmalari hamkorligida Andijon viloyati hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar o'tkazilishi belgilangan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga qiymati 28,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 92,6 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.

Hududlar kesimida 2022- yil yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahri — 2339,1 ming soʼm (yoki, 2021- yilning mos davriga nisbatan 108,9 %), undan keyin mos ravishda Navoiy — 1026,9 ming so‘m (yoki 104,5 %), Toshkent – 803,4 ming soʼm (yoki 106,2 %), Buxoro – 781,8 ming so‘m (yoki 101,2 %), Sirdaryo – 600,3 ming so‘m (yoki 82,3 %) viloyatlari egalladi.

 2022- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 26799,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 53,5 % ini tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida  ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,0 % punktga ko‘paydi va 15,3 % ni tashkil etdi. Qolgan 84,7 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,0 % punktga kamaydi.

2022- yil yanvar-mart oylarida hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida kuzatildi – 53,5 % yoki  1962,2 mlrd. so‘m. 

Respublikamizda 2022- yil yanvar- aprel oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 34 223 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.