Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 916,9 ming dona qorako‘l teri (2020- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 4,4 % ga ko‘p) olindi.
23/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Farg‘ona viloyati statististika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari, viloyat televideniyasi hamda Farg‘ona shahri “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan press tur tashkil etildi.
23/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning 23- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.
23/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 1,9 foizni (soni 9 959 ta) tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan eng ko‘p sement import qilgan hududlar.
Hukumat farmoyishiga (455–F, 12.08.2021 y.) asosan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021- yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi. Shuningdek, 21- avgust umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilishi belgilandi.
21/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 14- iyundagi 54- son buyrug‘i bilan 2022- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturidagi tegishli ishlarni amalga oshirish uchun
Bugungi kunda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizni yana bir muhim xalqaro statistik tadbir – Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” (XTD-2021)da munosib qatnashishini ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 57167,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 100,6 % ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha 2021- yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 122 900,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 108,6 % ga oshdi.
20/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Yurtimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarilib, bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar o`z natijalarini bermoqda.
2021- yilning yanvar-iyul oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 21 564,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 1 981,8 mln. AQSH dollariga yoki 10,1 % ga koʻpaydi.
20/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi - milliy daromadlarning oshishini ta’minlovchi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omilidir.
20/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil 20- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi yangi qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
20/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 20- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda demografiya va mehnat statistikasini takomillashtirish bo‘yicha vebinar o‘tkazildi.
20/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil 1- avgust holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) o‘tgan yilning mos davriga (440 522 ta) nisbatan 79 815 taga oshib, o‘sish sur’ati 118,1 foizni tashkil etdi.
20/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Respublikada 2021- yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan Yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to‘qish uchun materiallardan buyumlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 828,0 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 107,4 % ni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga respublikamizda 83,5 mln. bosh parrandalar mavjud. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,9 %.
921-sahifa 1010 dan


