Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga jami 62 288 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 7 745,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, eng ko‘p savdo sohasida – 14 672 tani tashkil etmoqda.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar, (AQSH dollarida):

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 79,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 567 364,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha avtomobil transporti orqali jami 667,5 mln tonna yuklar tashilgan.

2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oʻrta tibbiyot xodimlarining umumiy soni 387,6 ming nafarni tashkil etmoqda.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 72,9 ming tonna oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 48,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshdagi aholining (har qanday joyda) internetdan muntazam foydalangan ulushi 92,8 % ni tashkil etgan.

2024-yilning 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 8–19-iyul kunlari  Koreya Respublikasining Tejon shahrida UNFPA tomonidan Koreya Respublikasi Statistika instituti (KOSTAT) bilan birgalikda aholi boʻyicha 11-yozgi seminari boʻyicha oʻtkazilgan seminar natijalariga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.