Qo`mita yangiliklari
13/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 33,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.
13/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 4 162,5 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 117,2 % ni tashkil etdi.
13/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
2023/2024-oʻquv yili boshiga nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 63,8 ming nafarni tashkil etdi.
12/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 528 tonna quruq shirin pecheni ishlab chiqarilgan.
2023-yilda respublikamizda 8,5 mlrd. dona tuxum yetishtirilgan. Tuxum yetishtirish hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,4 % ga oshgan.
12/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
2023-yil yakunlariga koʻra, oʻrtacha almashuv kursi boʻyicha hisoblangan nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 90,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
12/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 12-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limlari xodimlari uchun “Respublikamizda aholini ro‘yxatga olishning huquqiy asoslari” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Respublikamizda joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 851 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.
2024-yilning yanvar oyida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet va boshqalar xizmatlari) toʻgʻri kelgan. Ularning ulushi 61,6 % ni tashkil etdi.
12/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 3–6-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti UNIСEF hamkorligida tashkil etilgan bolalar statistikasi bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi, shu jumladan TransMoneEE yillik sessiyasi natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.
12/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 187,9 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.
12/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 160,3 mlrd. soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 7,7 % ga oshdi.
12/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Оliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yoʻnalishini 15 923 nafar talaba bitirgan.
Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni oʻrtacha 66 tani tashkil etdi.
12/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 26 - fevral – 8 - mart kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika boshqarmasi tomonidan “Iqtisodiy faoliyatning yuqori chastotali ko‘rsatkichlari – Choraklik milliy hisoblar” mavzusida tashkil etilgan chuqurlashtirilgan darajadagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
2023-yilda respublikamizda 2,6 mln. tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.
12/03/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 708,1 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.
2023-yil yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasining yalpi qoʻshilgan qiymati hajmi 437 822,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi va 2022-yilga nisbatan 6,8 % ga oʻsdi.
224-sahifa 1011 dan


