Qo`mita yangiliklari
31/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 31- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
31/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 29- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirg‘iziston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Narxlar statistikasi ixtisoslashtirilgan boshqarmasi mutaxassislari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 233 trln so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.
31/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2023–2024- o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan eng ko‘p xorijlik talabalar Hindistondan bo‘lib, ularning umumiy soni 5733 nafarni tashkil etgan.
31/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 35,4 trln soʻm ishlar bajarilgan.
31/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda parrandalarning umumiy soni 32 million boshga yetgan.
31/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yil yanvar-sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 92,2 % ni tashkil etdi.
Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 64 553 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
2024- yilning 1- oktabr holatiga koʻra, respublika boʻyicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 83,2 kishini tashkil etmoqda.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
30/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda mavjud otlar soni 17,2 ming boshni tashkil etgan.
30/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Bugun, 30- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda 2026- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, Statistika agentligi tizimida xodimlar tomonidan mustaqil taʼlim olish orqali oʻz kasbiy kompetensiyasi va savodxonligini uzluksiz oshirib borishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida “Statistika taʼlim platformasi” (talim.stat.uz) korporativ axborot tizimi ishga tushirildi.
30/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 80,4 trln soʻm qurilish ishlari bajargan.
30/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar–sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi aholi ulushi 92,7 % ni tashkil etdi.
Respublikamizda joriy yilning 1- oktabr holatiga sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 113 667 ta.
Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 327,5 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan.
122-sahifa 1011 dan


