Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlashda 15 923,4 mlrd soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 32,1 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizdagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 7 034 tonna sabzavot yetishtirilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-aprel holatiga qurilish sohasida jami 31 703 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 1 475,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 38,4 % ga oshgan.

Dastlabki maʼlumotllarga koʻra, 2024-yil yanvar-mart oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 339,7 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan oʻsish surʼati 105,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 14-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 263 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,2 % ni tashkil etdi.

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida yangi qurilishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 66,5 trln soʻmga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 31,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda fermer xoʻjaliklari tomonidan 129 975 tonna sut sog‘ib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 27,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 19 767 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 433,8 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan.

2024-yilning 6–8-may kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasining “Migratsiya statistikasi” bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi hamda “Qochoqlar, ichki ko‘chirilgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar” bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 6,5 % ga o‘sish kuzatilgan.