Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlardan olingan daromadlarning ulushi 26,6 % ni tashkil etdi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yil 1- iyun milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan  uy xo‘jaliklari 75,3 %ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida qurilish tarmog’ida 10 329,0 mlrd.so’m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (27,5 %) eng katta hissa qo‘shdi.

2022- yil yanvar- aprel oylarida, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 32 991 tani tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi -2,7 %, ikki kishilik -6,8 %, uch kishilik -11,1 %, to‘rt kishilik -18,5 %, besh kishilik -22,3 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari - 38,4 %ni tashkil etmoqda.

2022 yilning 1- may holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 484 935 ta tashkil etdi.

2020- yil 1-iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlarmasalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Joriy yilning 30-31-may kunlari Toshkent shahridagi Courtyard by Marriott mexmonxonasining konfrensiyalar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ustuvor vazifalarni belgilash, mamlakatda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy vositalarini joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

Joriy yilning 31- may kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida 31-may – Xalqaro tamakisiz kuni munosabati bilan “Atrof-muhit va salomatligimizni himoya qilamiz!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida qurilish tarmog’ida 10 329,0 mlrd.so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshgan.

2022- yil 1- yanvar holatiga yurtimizda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 10 million 518 ming 483 nafarni tashkil etgan.

         2022- yilning yanvar-mart oylarida sanoat tarmog’ida 4,4 mlrd.AQSH dollar miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Navoiy (22,9 %), Toshkent (20,3 %) viloyatlari hamda Toshkent shahri (17,6 %) eng katta hissa qo‘shdi.

2022- yilning 1-  may holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foizni (548 701 ta) tashkil etdi.

AKT xizmatlari sektorining umumiy hajmida eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari – 72,8 %, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlar – 13,2 %, shuningdek, kompyuterlar va aloqa usukunalarini taʼmirlash bo‘yicha xizmatlar - 5,8 % ni egallaydi.

2022-yil yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahri (39,0 %), Toshkent (7,4 %), Farg‘ona (6,6 %) va Samarqand (6,5 %) viloyatlari hududlariga to‘g‘ri keldi.