Qo`mita yangiliklari

Toshkent shahri aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi.

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 26,1 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 465 361 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 462 303 tani (99,3 %) tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 14210,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2020- yilning yanvar- iyul oylariga nisbatan 87,5 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2020- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 3,9 % punktga kamayib, 24,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 1670  tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 6,7 barobarga oshganini ko‘rish mumkin, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha.

2021- yil 1- iyul holatiga, Andijon viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1066,6 ming boshni (2020- yil 1- iyul holatiga nisbatan 101,6%), shundan sigirlar – 366,0 ming boshni (101,8 %), qo‘y va echkilar – 1477,2 ming boshni (102,4%.), otlar – 6,8 ming boshni (104,8%) hamda parrandalar – 8204,5 ming boshni (106,9%.) tashkil etdi.

Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 13622,4 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 13,2 % ini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 5,1 % punktga), O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar–9157,0 mlrd. so‘m (8,9 % va 5,9 % punktiga kamaydi)

Hududlar bo‘yicha mehnat  daftarchalari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hajmining eng ko‘pi Toshkent  shahri (6037,4 mlrd. so‘m), Toshkent (1680,5 mlrd. so‘m), Samarqand (979,7 mlrd. so‘m),  Farg‘ona (928,1 mlrd. so‘m),  Namangan (757,4 mlrd. so‘m), Buxoro (725,9 mlrd. so‘m) va Andijon (725,8 mlrd. so‘m)  viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YaHM hajmi 4,9 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 100,4 % ni, sanoat – 109,5 % ni, qurilish – 105,1 % ni va xizmatlar sohasi – 107,8 % ni tashkil etdi.

 Davlat statistika ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda transport xizmatlari hajmi 53 662,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 23 045,1 mlrd. so‘mga o‘sdi.

 Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 74,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (31,9 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (43,0 %) o‘z ichiga oladi.

Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi – milliy daromadlarning oshishini ta’minlovchi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omilidir.

Respublika bo‘yicha 2021- yilning yanvar-avgust oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 143 419,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 109,1 % ga oshdi

2021- yilning yanvar-avgust oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 24 963,7 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 383,1 mln. AQSH dollariga yoki 1,6 % ga koʻpaydi.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 548,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 948,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.