Qo`mita yangiliklari

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yoʻnalishini 7 918 nafar xotin-qiz bitirgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining taʼlim sohasidagi xizmatlari hajmi 3,5 trln. soʻmni tashkil etdi. 

Joriy yilning 3-6-mart kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida bolalar statistikasi bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda TransMonEE sessiyasi o‘tkazilmoqda.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxonalar tomonidan 2 875,5 tonna olma sharbati  ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni 118 tani tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 29 291 ming soʻm (yoki 2 496 AQSH dollari ekvivalentida)ni tashkil etdi.

Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mahorat darsi tashkil etildi.

2024-yilning yanvar oyida 4 601 nafar Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari turistik maqsadda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, reklama faoliyati va bozor konʻyunkturasini oʻrganish sohasida 1 579 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yilning yanvar oyida, Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxonalar tomonidan 125,2 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga 57 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda.

2023-yil yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,6 % ni tashkil etdi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda statistika sohasini yangi bosqichga koʻtarish va tubdan isloh qilish, tizimga ilgʻor texnologiyalarni keng joriy qilish orqali rasmiy statistikaning sifati va unga boʻlgan ishonchni yanada oshirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida, 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 3,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

 Respublikamizda 2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, chet el investitsiyalar ishtirokida 14 199 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yilning yanvar oyida, Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxonalar tomonidan 719 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan elektr changyutgichlar soni 71 tani tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 4,1 % darajasida ijobiy oʻsish qayd etildi.