Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-mart oylarida respublikadan tashqari (eksport)ga yuklab jo‘natilgan sanoat mahsulot (tovarlar  va  xizmatlar )lari miqdori jami – 2365,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: maxsus iqtisodiy zonada – 752,4 mlrd. so‘mni, kichik sanoat zonasi – 236,9 mlrd. so‘mni, texnopark – 33,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 1342,4 mlrd. so‘mni  tashkil etdi.

2022- yilning yanvar - may oylarida Samarqand viloyatida bino va inshootlar qurilishi bo`yicha 839,6 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 28,5 % ini tashkil etdi.

Respublikamizda 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 178,5 foizni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar - may oylarida Namangan viloyatida bino va inshootlar qurilishi bo`yicha 1478,8 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 69,2 % ini tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yilning yanvar- iyun oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 1 360 ta, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 102,7 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 102,7 % ni, o‘rmon xo‘jaligi – 102,0 % ni, baliqchilik xo‘jaligi – 111,5 % ni tashkil qildi.

Bu jarayonda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.

Joriy yilning 25-iyul kuni Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi masʼul xodimi Q.Saparov ishtirokidagi navbatdagi seminar uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni maxsus oʻqitishni tashkil etish masalalariga bagʻishlandi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, Toshkent metropolitenida jami 256 ta yoʻlovchi tashiydigan harakatdagi tarkib (vagonlar) mavjud boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan vagonlar soni 40 taga (18,5 foizga) oshgan.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan muhim sohalardan biri hisoblanib, davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra 2022- yil 1-iyul holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshganligi ma’lum bo‘ldi.

 Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Toshkent shahrida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 66,4 % ni tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida  Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar

Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish” mavzusida seminar o`tkazildi.

2021- yil davomida taransportning barcha turlari boʻyicha jami 6 029,7 mln yoʻlovchi tashilgan boʻlib, shulardan avtomobil transportida 5 914,2 mln (jami tashilgan yoʻlovchilarning 98,1 %), shahar elektr transportida (tramvay, trolleybus, metro) 104,6 mln (1,75 %), temir yoʻl transportida 7,9 mln (0,1 %) hamda havo transportida 3,0 mln (0,05 %) yoʻlovchi tashilgan.

 Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Sirdaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 79,1 % ni tashkil etadi.

Mamlakatimizda 2022-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardagi ulushi 2,0 foizni (561 386 ta) tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi

Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar sonining ko‘payishiga ishonch bildirgan korxonalarning   eng ko‘p ulushi hududlar bo‘yicha Qasgqadaryo viloyatida – 47,8% ni, Buxoro viloyatida – 32,1% ni, Samarqand viloyatida – 25,4% ni, Sirdaryo viloyatida – 24,5% ni  tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari  tarkibida ishlab chiqarish sanoati bo`yicha hududda o`zlashtirilgan investitsiyalarning 34,5 % i o`zlashtirildi.