Qo`mita yangiliklari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 27,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 19 767 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 433,8 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan.

2024-yilning 6–8-may kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasining “Migratsiya statistikasi” bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi hamda “Qochoqlar, ichki ko‘chirilgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar” bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 6,5 % ga o‘sish kuzatilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 54,4 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 3,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida respublikamiz boʻyicha fermer xo‘jaliklari tomonidan 6 669,5 tonna baliq ovlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 52,7 % ni tashkil etdi.

2024-yil 1-aprel holatiga savdo sohasida 226 588 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 512,9 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 31,8  % ga oshgan.

Joriy yilning 10-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurilishi boʻyicha 6,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 3 442,3 ming boshni tashkil etdi.

Dastlabki maʻlumotlar boʻyicha, 2024-yilning yanvar-mart holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,2 %, transfertlardan olingan daromadlar 27,8 % hamda shaxsiy isteʻmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 13 % tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 73,5 % ni tashkil etdi.