Qo`mita yangiliklari

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Toshkent viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 73,1 %ni tashkil etadi.

2023-yil yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,6 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida koʻrsatilgan jami bozor xizmatlari hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahri (41,1 %), Toshkent (6,8 %), Samarqand (6,2 %) va Fargʻona (5,7 %) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 145,7 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan xususiy korxonalar soni 63 465 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb” va “1 fx” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar oyida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 3 479 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 39,9 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 89,7 %  ulushini tashkil etgan.

2022/2023-oʻquv yili boshiga Jizzax viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 127 nafarni tashkil etgan.

Tahliliy maʻlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻngi 5 yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida jami 61,1 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 40 167,9 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil qilgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,7 % ni tashkil etadi.

2023-yil yakunlariga koʻra, Fargʻona viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 22 746,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 108 477,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 24,9 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  68,8 % ni tashkil etgan. 

Respublikamizda 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 19 152 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda.