Qo`mita yangiliklari

2021- yilda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi 5 881,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning sentabr oyida respublika boʻyicha 3839 ta nikohdan ajralish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Oʻzbekistonga oxirgi 4 yilda 991 ta, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida 1629 ta elektromobil import qilingan.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari:

Ayni paytda registratorlar tomonidan oʻrganilgan mahalla xaritalari hududiy  kadastr boʻlimlari tomonidan qayta ishlanmoqda.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida umumiy qiymati 125,2 mlrd. soʻmga teng jami 1775 qatnovga va 30 oʻringa moʻljallangan 23 ta kasalxona va poliklinikalar  ishga tushirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatlardan qiymati 33,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,6 ming tonna shakar import qilgan.

2022- yilning sentabr oyida respublika boʻyicha 31537 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 564,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 22 447 ta yengil avtomobil import qilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami qurilish ishlari hajmining 54,4 % ini tashkil etib, 2021-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 0,3 % punktga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 1 ta 50 qatnovga mo‘ljallangan, qiymati 987,1 mln.so‘m bo‘lgan qishloq vrachlik punkti foydalanishga topshirildi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida uy joyning turi boyicha yashovchi aholi ulushi:

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 5 ta kasalxona va poliklinikalar kapital ta’mirlanib, 11,6 mlrd.so‘m qiymatidagi obyektlar ishga tushirildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 340,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida uy joyning turi boyicha yashovchi aholi ulushi:

2022- yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan ijara xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 1 159,3 mlrd. so‘m qayd etildi.

2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 666,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,1 % ga, 2018- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 25,7 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 12452,7 mlrd. so‘mni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-103,5 % o‘sish sur'atiga erishdi.