Qo`mita yangiliklari

 2021- yilning II choragida biznesga ishonch muhitini baholash,o‘tgan yilning shu davriga nisbatan joriy davrdagi o‘zgarishlar, %da

 Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 0,9 % ni tashkil etdi.

2020/2021- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarining 1- sinfiga qabul qilingan o‘quvchilar soni 649,1 ming nafarni tashkil etib, 2015/2016- o‘quv yili boshiga nisbatan 26,6 ming nafarga (4,3 %) oshgan.

2021/2022 – o‘quv yili boshiga Statistika organlariga taqdim etiladigan “Umumta’lim muassasasining o‘quv yili boshiga” 1 – umumta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini 2021-yil 4-oktabrdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

  Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning 1 sentabr holatiga ko’ra, respublikamizda jami 54 279 ta oilaviy korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ulardan 50 924 tasi faoliyat yuritmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 2016- yilga nisbatan 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 144,3 foizni tashkil etmoqda.

2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YaHM hajmi 4,8 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 100,5 % ni, sanoat – 100,3 % ni, qurilish – 108,5 % ni va xizmatlar sohasi – 111,6 % ni tashkil etdi.

Namangan viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

Respublikada 2021-yilning yanvar-iyul oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 694 ta elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 5 325,5 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

oriy yilning yanvar- avgust oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 69,8 mingtani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 7 060 taga oshdi va oʻsish surʼati 111,3 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 10- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi  raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida qo‘mita boshqarma boshliqlari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida, sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Joriy yilning 10- sentabr kuni Birlashgan millatlar tashkiloti va BMTning qochqinlar bo’yicha oliy komissari boshqarmasi tomonidan “Markaziy Osiyoda nofuqarolikka barham berish” bo’yicha onlayn tarzda xalqaro konferensiya tashkil qilindi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlat Statistika qo‘mitasi  raisi o‘rinbosari   Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligida qo‘mita boshqarma boshliqlari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani O’zbekiston mfyda, sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

2021-yilning yanvar - iyun oylarida Jizzax viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 6 859,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 100,8 % ni tashkil qildi.

2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YaHM hajmi 2,0 % ga o‘sdi.

 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabr holatiga respublikamizda jami 44 543 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5 030 taga koʻp. 2021-yil yanvar-avgust oylarida 4 591 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.