Qo`mita yangiliklari

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 44,6 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yil 1- oktabr holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 721 365 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 55,9 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 134,1 tonna vafli va vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 30- sentabr–4- oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish haftaligi 2024: Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi” bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasida  2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 6 573,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy kompyuter soni o‘rtacha 69 tani tashkil etdi.  

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 920 180 ming dona tuxum yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 34,2 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami fuqarolik obyektlarini qurish boʻyicha qurilish ishlari 21,1 % ulushni tashkil etgan.

O‘zbekistonda 2024- yil 1- oktabr holatiga jami 399 031 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 257,6 mln litr tabiiy gazlangan mineral suvlar ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar- iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 125 027,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 912 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 48 055 dona yengil avtomobil import qilgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni o‘rtacha 118 tani tashkil etgan.  

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda mavjud sigirlar soni 84,2 ming boshni tashkil etgan.

Joriy yilning 15- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 39,3 trln so‘mni tashkil etgan.