Qo`mita yangiliklari

2024-yil yanvar oyida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha bozor xizmatlari hajmi 1,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Fargʻona viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi  39 421,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishini 86 458 nafar talaba bitirgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, Andijon viloyati boʻyicha savdo, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 4 053 mlrd. soʻmni tashkil etdi va 2022-yilga nisbatan 9,8 % ga oʻsdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyati boʻyicha 5,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan.

2024-yilning yanvar oyida FHDYO organlari tomonidan Toshkent shahri boʻyicha 5 717 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 8,2 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Toshkent viloyati aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 75,2 %,  transfertlardan olingan daromadlar 16 % hamda shaxsiy isteʻmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,8 % ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Samarqand viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2,7 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, Navoiy viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 11 224,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 1,9 % ga oʻsdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyati boʻyicha 7,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan bajarildi.

2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, xizmat koʻrsatish sohasiga tegishli faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 276 492 taga yetdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 27 807,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha 7 752 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining avtotransport xizmatlari hajmi 48,6 trln. soʻmni tashkil qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1,5 ming tonna mis simlar ishlab chiqarilgan. 

2022/2023-oʻquv yili boshiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishida 477 432 nafar xotin-qizlar tahsil olgan.