Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, O‘zbekiston Respublikasida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  2622,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida jami 14,5 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 1- yanvar holatiga mamlakatimizda ixtisosligi bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari soni 372,5 ming nafar, shundan hamshiralar soni 288,3 ming nafarni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra Buxoro viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 70,9 %ni tashkil etadi.

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida 3,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʼzbekistonga tashrif buyurgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʼyicha 681 760 ta tirik tugʼilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

 2022- yil 1- yanvar holatiga respublikamizda jami 127 ta muzeylar mavjud bo‘lib, shundan 12 tasi yodgorlik xotira muzeylari turiga mansub.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 17,3 ming tonna sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha 197013 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

“Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, qabul qilingan hujjatlar ijrosi sohani yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning mexanizmlari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 32,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 130,2 ming tonna karam eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 7 027,5 mlrd. so‘mni, 2021– yilga nisbatan o‘sish sur’ati esa 115,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 5 590,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 22,5 % ga, 2018- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 43,5 % ga o‘sdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 1 221,6 ming tonna goʻsht yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning avgust oyida yirik sanoat korxonalari tomonidan 175,2 ming tonna suvsiz ammiak ishlab chiqarildi.

Joriy yilning 7-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda qo‘mitaning markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.