Qo`mita yangiliklari
03/10/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-avgust oylarida, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 26,6 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 4,3 % punktga kamaydi.
03/10/2022 • Qo`mita yangiliklari
2021/2022- o‘quv yili boshida 27 ta oliy ta’lim tashkiloti va 8 ta kollejda turizm sohasi uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.
03/10/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida jami 6,3 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
2022- yilning yanvar-avgust oylarida fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Samarqand viloyati (2021- yilning mos davriga nisbatan 309,2 %), Toshkent viloyati (2021- yilning mos davriga nisbatan 139,5 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2021- yilning mos davriga nisbatan 109,8 %) va Xorazm viloyati (2021- yilning mos davriga nisbatan 105,7 %)ga to‘g‘ri keldi.
03/10/2022 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasida kichik korxonalar va mikrofirmalardagi shifoxona muassasalari soni 2021-yil yakuniga ko‘ra 637 tani tashkil etdi. Ushbu raqamlarni 2017-yilga ( 2017-yilda jami 493 ta) nisbatan taqqoslaganda 29,2 % ga ortgani kuzatildi.
Aziz ustoz va murabbiylar, taʼlim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog-xodimlar – barchangizni Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, eng ezgu tilaklarni izhor etamiz.
30/09/2022 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
30/09/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning sentabr oyida iste’mol bozoridagi narxlarning o‘rtacha darajasi 1,0 % ga oshdi
Joriy yilning 30-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “1- oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qilgan.
2022- yilning yanvar-avgust oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarin hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida kuzatildi.
30/09/2022 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Sirdaryo viloyatida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi – 0,9%, ikki kishilik – 5,8%, uch kishilik – 8,8%, to‘rt kishilik -17,2%, besh kishilik – 24,3% hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 43,0%ni tashkil etmoqda.
30/09/2022 • Qo`mita yangiliklari
Surxondaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 75,8 % ni tashkil etdi.
30/09/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 1 617,0 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.
Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p ulushni dasturlar tuzish va teleradioeshittirishlar bo‘yicha xizmatlar – 39,6 %, boshqa axborot xizmatlari – 28,2 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar nashr qilish bo‘yicha xizmatlar va boshqa noshirlik xizmatlari – 22,4 % egallaydi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 3-dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.
30/09/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 706 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.
30/09/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda.
636-sahifa 1012 dan


