Qo`mita yangiliklari

2022- yil yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash   bo‘yicha xizmatlarning ulushi 84,8 % bilan ustunlik qildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida sanoat tarmog‘ining YAHM tarkibidagi ulushi 34,9 % ni, qurilish – 9,3 % ni va xizmatlar sohasi – 55,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari umumiy hajmi 72,7 trln. soʻmni tashkil etdi va 2021-yilning mos davriga nisbatan-102,0 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 718,2 ming tonna asfalt ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 118,2 % ni tashkil etdi.

Nаvoiy  viloyatida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 80,2 % ini tashkil etdi.

2022 yil yanvar-avgust  oylarida jami yangi tashkil etilgan korxonalar  soni 63 542 tani tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,7 % i to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami investitsiyalar hajmida, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning hududdagi jami investitsiyalardagi ulushi 9,8 % ini, yoki 409,5 mlrd. so‘mni va 2021-yilning mos davriga nisbatan 149,2 % ni tashkil etdi.

O‘zbekistonda bitta sirk faoliyat yuritadi. 2022- yilning 1- yanvar holatiga, ko‘ra, sirk tomoshabinlari soni 94,4 ming kishini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida respublika boʻyicha 589549 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 83,8% ni tashkil etdi

2022- yilning yanvar-iyul oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi 3 068,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpogiston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 18,2 % ni, sanoat –29,7 % ni, qurilish – 9,5 % ni va xizmatlar sohasi – 42,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 12- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 128,0 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar- iyuniga nisbatan 102,5 %), 469,6 ming tonna sut (101,4 %), 230,6 mln. dona tuxum – (110,9 %) yetishtirildi va 2 462 t. baliq (123,0 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 157,1 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 129,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 253 tani tashkil etdi, joriy yil boshidan esa bu sohada 1 104  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .

Qashqadaryo viloyatida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 80,6 % ini tashkil etdi.