Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8 450,9 ming so‘m), Navoiy viloyatida (6 601,9 ming so‘m), Toshkent viloyatida (4 917,8 ming so‘m), Andijon viloyatida (4 446,5 ming so‘m) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 165,4 ming so‘m) kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 25-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 73,1 tonna tvorog ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar–iyunida kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo aylanmasi hajmi 12 520,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan.

2024-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 229,3 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 22,1 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 6,4 % ga yetgan.

“Правда Востока” gazetasining 2024-yil 25-iyuldagi 148-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida “Biznes va investitsiya faoliyati ijobiy dinamikani koʻrsatdi” nomli maqola chop etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga jami 62 288 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 7 745,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, eng ko‘p savdo sohasida – 14 672 tani tashkil etmoqda.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar, (AQSH dollarida):

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 79,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 567 364,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.