Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga 43 393 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 899,9 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 26,1 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etdi.

2023-yil davomida Buyuk Britaniyadan  Oʻzbekistonga 16,2 ming nafar turistlar tashrif buyurgan.

Joriy yilning 23-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yil yanvar-aprel holatiga koʻra, uch nafar bolali uy xoʻjaliklar ulushi 18,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo aylanmasi hajmi 6 081 mln AQSh dollarni tashkil etdi.

“Халқ сўзи” gazetasining 2024-yil 23-maydagi 100-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida “Har 1 000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 103 ta yengil avtomobil” nomli xabar chop etildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 29,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-may holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 44 933 ta  korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida yirik korxonalar tomonidan 23 913,3 ming juft paypoqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 27,4 % ga oshgan.

Joriy yilning 22-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yil yanvar-aprel holatiga koʻra, bir nafar bolali uy xoʻjaliklar ulushi 22,3 % ni tashkil etdi.

2024-yil 1-may holatiga chakana savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat korxonalari soni 91 286 tani tashkil etgan.

2024-yil yanvar-mart yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 2,3 trln soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  13,4 birlikni tashkil etdi.