Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan qishloq joylarda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha  67 766 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

“Zarafshon” gazetasining 2024-yil 2-apreldagi 40-sonida Samarqand viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi Sharof Abdiyevning  “Qaysi sohada qanday natija?” nomli maqolasi chop etildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi ayollar ulushi 99,2 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada otlarning umumiy bosh soni 275,9 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,6 % ni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida oliy taʼlim sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 1 792,7 mlrd. soʻmni yoki taʼlim sohasida koʻrsatilgan jami bozor xizmatlari hajmining 57,1 % ini tashkil etdi.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, savdo, yashash va ovqatlanish sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 7,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 10,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 65,7 % ni tashkil etdi. 

Respublikamizda 2024-yilning 1-mart holatiga koʻra,43 384 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

2023/2024-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kollejlar soni 153 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 411,3 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 38,7 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlarida qishloq joylarda respublika boʻyicha 67 766 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Joriy yilning 1-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2023-yilda 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi aholi ulushi 99,1 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 5 046,3 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 101,8 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida reklama va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasidagi xizmatlar hajmi 436,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 4 - martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining 32 - bandida Statistika agentligiga hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika yo‘nalishida savodxonligini oshirish vazifalari belgilangan edi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 8,9 % ni yoki 4,1 trln. soʻmni tashkil etdi.